Qanday ishlatamiz?
odooni O'rnatishni bir nechta yo'llarini ko'rib chiqamiz
Onlayn ishlatishimiz mumkin
Kompyuterimizda ishlatishimiz mumkin
1. Onlayn? Nima? Qanday?
Onlayn rejimda Odoo'ni ishlatish juda qulay. Bu usulda siz Odoo platformasini hech qanday dastur o‘rnatmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet orqali foydalanasiz. Odoo'ni onlayn ishlatishning asosiy afzalliklari quyidagilar:
Afzalliklari:
- Tez boshlash: Hech qanday o‘rnatish kerak emas. Siz faqat Odoo rasmiy saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tishingiz kifoya.
- Doimiy yangilanib turadi: Odoo'ni onlayn rejimda ishlatsangiz, tizim avtomatik ravishda eng so‘nggi yangilanishlar bilan ta’minlanadi.
- Hech qanday texnik xizmat kerak emas: Onlayn versiyada serverlarni boshqarish yoki texnik xizmat ko‘rsatish talab qilinmaydi. Odoo hamma narsani o‘zi hal qiladi.
Qanday foydalanish mumkin?
Odoo'ni onlayn ishlatish juda oson:
- Rasmiy saytdan foydalanish: Odoo rasmiy sayti ga kirib, "Free Trial" tugmasini bosing.
- Ro'yxatdan o'tish: Sizdan foydalanuvchi ma'lumotlari talab qilinadi. Ma'lumotlarni kiritganingizdan so‘ng, Odoo tizimi sizga yangi akkaunt yaratadi.
- Bepul foydalanish muddati: Odoo sizga dastlab bepul sinov muddatini beradi. Bu davrda siz barcha asosiy funksiyalarni sinab ko'rishingiz mumkin.
- O‘rganishni boshlash: Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, Odoo interfeysi orqali modullarni qo'shib, tizimni o'rganishingiz mumkin.
Onlayn versiya Odoo'ni tez va oson o'rganishni istaganlar uchun juda mos. Batafsil quyidagi videodan ham ko'rib olishingiz mumkinn (video tez orada)
2. Kompyuterda ishlatish
Agar siz Odoo'ni o‘z kompyuteringizda o‘rnatib, oflayn rejimda ishlatishingiz mumkin. Odoo'ni kompyuterda ishlatish orqali siz tizimni chuqurroq o‘rganishingiz va unga o‘zingiz xohlagan o‘zgartirishlarni kiritishingiz mumkin.
Afzalliklari:
- To‘liq nazorat: Siz o‘z serverlaringizda Odoo'ni to‘liq boshqarasiz va o‘zingizga kerakli o‘zgartirishlarni kiritishingiz mumkin.
- Xavfsizlik: Ma'lumotlaringiz to‘liq sizning "cho'ntagingizda" bo'ladi ).
- Moslashuvchanlik: Odoo'ni o‘rnatganingizdan so‘ng, o‘zingiz xohlagancha modullar qo‘shishingiz va ularni sozlashingiz mumkin.
Qanday o‘rnatish mumkin?
Odoo'ni kompyuteringizga o‘rnatishning bir nechta usullari bor:
-
Manbaa kodi orqali o‘rnatish: Odoo'ni kodini yuklab olib o‘rnatish imkoniyati ham mavjud. Bu usul o‘z tajribangiz va ehtiyojlaringizga qarab moslashuvchan variantdir.
-
Docker yordamida o'rnatish: Agar siz Linux yoki serverda Odoo o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, Docker yordamida Odoo'ni tezda sozlashingiz mumkin.
Bu haqida ham video bor (video tez orada)